Senatorlar, deputatlar va masʼul rahbarlar hamda OAV vakillari ishtirok etgan navbatdagi 53-sessiya kun tartibidan vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim masalalar joy oldi. Xususan,

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida;
- Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
- Viloyatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan qatlamini qo‘llab-quvvatlash, kam taʼminlangan, vaqtinchalik daromad manbaini yo‘qotgan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi va boshqa bir qancha masalalar muhokama etilib, muzokaralar o‘tkazildi.

Birgina olib qaraydigan bo‘lsak, Vazirlar Mahkamasining 585-sonli qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha viloyatimizning barcha hududlaridan 150 nafar ehtiyojmand talaba xotin-qizlarning qariyb 1 mlrd. so‘mlik shartnoma pullarini to‘lab berilishi maʼlum qilindi.

24-11-2022 | Ijtimoiy | 244
Foto galereya