Xalq deputatlari viloyat Kengashining 48 sessiyasi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat Kengashi deputatlar va mas’ul rahbarlar ishtirok etgan navbatdagi sessiya kun tartibida quyidagi qonun loyihalari hamda masalalar muhokamaga qo‘yilib, ular yuzasidan muzokaraga chiquvchilarning axborotlari eshitildi:
 
 
- viloyatda xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida;
- viloyatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, yoshlarni himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan hamkorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
- Qashqadaryo viloyatining Buxoro, Navoiy va Surhondaryo viloyatlari bilan ma’muriy-hududiy birliklar chegarasini belgilash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar.
 
 
 
 
Shuningdek, sessiyadagi birinchi masala bo‘yicha Shahrisabz shahri, Koson, Chiroqchi va Kitob tuman hokimlarining axborotlari ham videokonferens aloqa shaklida eshitilib, yo‘llangan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
21-06-2022 |
Foto galereya