Yurtboshimizning “Inson qadri” uchun olib borayotgan har bir islohotlari natijasida fuqarolarimizning farovon hayotda yashashlari taʼminlanmoqda. Birgina o‘tgan yil mobaynida “Mahallabay ishlash” tizimi orqali 8 ming nafardan ortiq ishsizlarga 18 mlrd. so‘mdan ortiq subsidiyalar hamda 32 mingga yaqin fuqarolarimizga 765 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bu borada hokim yordamchilari tomonidan 2022-yilda jami 95 639 ta xonadonga yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, 1 oyda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar o‘rganildi. Xonadonlarning aholi jon boshiga dastlabki daromadi o‘rtacha 508 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan. Yil yakuni bilan esa o‘rtacha 942 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi. Ushbu xonadonlarda aholi jon boshiga daromadlari o‘rtacha 185 foizga o‘sishga erishildi.
Vohamiz xotin-qizlariga navbatdagi tikuv mashinalari va boshqa turdagi texnikalar topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etdi.


