Voha bo‘ylab aholining yashash turmush tarzini yaxshilovchi, og‘irini yengil qiluvchi va biri-biridan zamonaviy hamda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi va ular bandligini taʼminlashga qaratilgan bino va inshootlar foydalanishga topshirilmoqda.
Xuddi shunday, Chiroqchi tumanining “Ayritom” va “Paxtalisoy” MFYda yangi va zamonaviy binolar tuman hokimi Xurram Djurayev va mahalla faollari ishtirokida foydalanishga topshirildi.
Zamon talablariga mos tarzda jihozlangan mazkur binolarda maʼnaviyat va maʼrifat, mahalla raisi hamda o‘rinbosarlari uchun alohida xonalar mavjud bo‘lib, ularning har-biri zamonaviy moddiy-texnika vositalari va mebel jihozlari bilan taʼminlangan bo‘lib, har ikki mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga kompyuter jamlanmalari topshirildi.