Qarshi shahrining Mustaqillik shoh ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va 14 -  yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Mazkur paradning tantanali marsh yurishida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, DXX Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti viloyat Kengashi, viloyat Mudofaa ishlar huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassislari bo‘yicha tayyorlash markazi va IIV Qorovul qo‘shinlari o‘zlarining harbiy texnika vositalari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, vatanimizning kuch-qudratini namoyon etgan mazkur tadbirda viloyatimiz aholisi, yoshlar va faxriy nuroniylar ishtirok etishib, yurtimiz sarhadlari ishonchli qo‘llarda ekanligiga amin bo‘lishdi. Qolaversa, bu kabi saf yurishlarida mardonovor harbiylarni ko‘rgan har bitta yosh o‘g‘lon kelajakda vatan himoyasidek sharafli va mashaqqatli mas’uliyatni o‘z ko‘ngliga tugishi aniqdir.
13-01-2022 |
Foto galereya