Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida "Xalq dardi bilan yashaylik!" shiori ostidagi xayriya tadbiri doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev "temir daftar"ga tushgan, shuningdek, viloyat hokimiga onlayn murojaat qilgan 17 nafar bemorning klapanprotezlash, okklyuder implantatsiyasi, koronarografiya stentlash, aortakoronar shuntlash singari murakkab operatsiyalarini amalga oshirish uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 495 mln. 500 ming so‘mni tibbiyot markaziga topshirdi.

- O‘zimda yo‘q xursandman, - deydi 53 yoshli kosonlik Shoira Mo‘minova. - Moddiy tomonlama qiyinchiliklar sabab surunkali yurak revmatik kasalligidan ancha yillardan azob chekib kelmoqda edim. Hokimlik operatsiya uchun 35 mln. so‘m ajratdi. Bu kabi saxovat tadbiri ulug‘ Ramazon oyida oila aʼzolarim uchun ham katta quvonch baxshida etdi.

Shundan so‘ng, Zoyir Mirzayev viloyat SSB boshlig‘i R.Tulakov, filial direktori N.Yuldoshev hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida markazda operatsiyalarni amalga oshirish xonalari, shifokor va bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati.

22-04-2021 | Tibbiyot | 672
Foto galereya