Viloyat hokimi Yakkabog‘ tumaniga tashrif buyurib, “Qurashayx” qishlog‘ida joylashgan eski masjid hamda viloyat bolalar revmatologiya sanatoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

Zoyir Mirzayev "Qurashayx qishlog‘ida bo‘lar ekan, mutasaddilarga masjid bo‘yicha loyiha tayyorlash kerakligini aytdi hamda shu bo‘yicha obodonlashtirish ishlarini olib borish lozimligini taʼkidladi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli viloyat bolalar revmatologiya sanatoriyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘zining bir qator takliflarini berib o‘tdi.

23-06-2021 |
Foto galereya