Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov Kitob tumanida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan "Qarshi Conch sement" Xitoy korxonasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda viloyat rahbari korxona bosh direktori Jou Degan bilan korxona tomonidan qurilayotgan sement zavod loyihasini yanada jadallashtirish, tezkorlikda ishga tushirish bo‘yicha suhbatlashdi.
Ma’lumot o‘rnida, 150 mln. dollarlik qiymatga ega korxona tumanning Rus qishlog'ida joylashgan bo'lib, yiliga 1,2 mln. tonna yuqori markali klinker sement ishlab chiqaradi. Korxona 2022-yilning 1-choragida to‘liq quvvatda ish boshlaydi va 500dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
01-12-2021 |
Foto galereya