Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev G‘uzor tumanida bo‘lib, tumandagi “Qorako‘l” mahallasida joylashgan tomchilatib sug‘orish quvurlarini ishlab chiqarish "POOYA POLYMER GUZOR” MCHJ xorijiy qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat hokimi Eron va O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan mazkur qo‘shma korxona tomchilatib sug‘orish quvurlarini ishlab chiqaradigan viloyatda yagona korxona ekanligini taʼkidlab, korxona faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

22-06-2021 |
Foto galereya