Hari yili 25-may sanasi maktabni bitirayotgan o‘quvchilar uchun juda hayajonli va mas’uliyatli kun bo‘lib, aynan shu kundan ular maktab bilan xayrlashayotgani va o‘zlarining mustaqil hayotida munosib o‘rin topishlari uchun ilk qadamlarini qo‘yganligini his etishadi.

Bugun, mazkur sana munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi qashqadaryolik maktab bitiruvchilari ham yangi hayotga tantanali ravishda kuzatilib, "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarida viloyat sektorlari, tashkilot va massasa rahbarlari, shuningdek, faxriy nuroniylar hamda bitiruvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Jumladan, viloyat hokimi Murotjon Azimov ham Qarshi shahridagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, bitiruvchilarning ilm olishlari, o‘z ustida tirishqoqlik bilan ishlagan holda intilishdan aslo to‘xtamasliklarini va oliy o‘quv yurtlari talabalari bo‘lishiga tilak bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigi ham tantanali ravishda o‘qib eshittirildi.

Ma’lumot o‘chun, bugungi kunga kelib viloyatimizdagi maktablarning soni 1204 tani tashkil etadi va joriy yil vohamizdagi bitiruvchilar 42620 nafar bo‘lib, ularning 491 nafari muddatidan oldin OTM talabalari bo‘lishgan.

25-05-2022 |
Foto galereya