Shahrisabz tumanining olis tog‘li hududi Xisorak qishlog‘i yon-bag‘irlaridagi qir-adirlarga 60 milliard so‘mlik mablag‘ yo‘naltirilib, suv chiqarildi, birinchi bosqichda 1000 gektar yer o‘zlashtirildi va kartoshka va boshqa ekinlar ekildi.
 
 
Viloyat hokimi Murotjon Azimov kartoshka ekilgan maydonlarni ko‘zdan kechirdi. Rejaga ko‘ra, bu yil ushbu maydonlardan gektariga o‘rtacha 30 tonna kartoshka olish rejalashtirilgan.
 
 
 
Shuningdek, viloyat hokimi mahalla faollari bilan muloqot qilib, ularning muammolari bilan qiziqdi. Murotjon Azimov mahallada tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash maqsadida Niva rusumli avtomobil, Chungurak qishlog‘iga tibbiyot punkti qurish, yo‘llarni tekislash uchun zaruriy miqdorda yoqilg‘i ajratish, elektr tizimini yaxshilash maqsadida 50 ta biton ustunlar ajratish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.
 
Viloyat hokimi "Xisorak" MFY binosida ham bo‘lib, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisiga yaratilgan qulayliklar, shuningdek, tez yordam punkti imkoniyatlarini o‘rgandi.
15-08-2022 |
Foto galereya