Kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov Shahrisabz tumanida bo‘lib, Prezidentimiz farmonlariga ko‘ra afv etilib, hozirda Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Yakkabog‘ va Ko‘kdala tumanlarida istiqomat qilayotgan jazodan shartli va to‘liq ozod etilgan 10 dan ortiq fuqarolar bilan muloqot qilib, muammolarini tingladi.

Muloqotda afv etilgan shaxslarni bugungi turmush tarzi, oilaviy ahvoli, erkin hayotga moslashishi, maishiy va kundalik muammolari o‘rganilib, yechimini topish choralari ko‘rildi. Jazodan ozod etilgan shaxslar istiqomat qilayotgan mahallalar faollari va masʼul idoralar vakillariga ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rni bilan taʼminlash, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Navro‘z hududidagi Miraki nasos stansiyasi bosimli quvurdan keyingi 3,5 km qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha muhokamalar olib bordi. "Polmon" MFYda joylashgan 39-oilaviy polikilinikaning yangi binosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan ham tanishdi.

27-01-2023 |
Foto galereya