Viloyat hokimi Murotjon Azimov Shahrisabz tumanidagi 12 ming aholisi bor Qutchi qishlog‘ida bo‘ldi. Ayni paytda hududda ikkita - "Obod" va "Qutchi" MFY tashkil etilgan.

Viloyat hokimi faollar bilan suhbat davomida inson qadrini ulug‘lash, aholi daromadlarini oshirish, tumanni iqtisodiy va sanoat salohiyatini oshirish borasida rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 15-may, yakshanba kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining 24-Denov, 51-Namaton va 53-Qutchi saylov okruglari deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlar o‘tkazilishi belgilangan. Viloyat hokimi 53-Qutchi saylov okrugidan deputatlikka o‘z nomzodini qo‘ygan. Shu maqsadda, uchrashuvda qishloq ahlini qiynab kelayotgan muammolar ham tinglandi.

11-05-2022 |
Foto galereya