Viloyat hokimning birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Rahmanqulov, mutasaddilar va tumandagi 59 MFYlarida yangi yildan ish boshlagan hokim yordamchilari ishtirokida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
 
 
Jumladan, tumandagi "Beshariq" (eski Beshqazoq) mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muhtoj va o‘z xonadonlarida daromad manbaiga ega bo‘lgan aholi xonadonlariga tashrif buyurishib, fuqarolarning turmush darajasi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari ham o‘rganildi.
 

Shuningdek, amaliy tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqqan holda alohida yondashib, ular bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida fikr-mulohazalar muhokama qilindi.
17-01-2022 |
Foto galereya