Viloyat hokimi o‘rinbosari Nodir Erkayev Qarshi shahrida joylashgan "IT - TECHNOPARK"da IT sohasida faoliyat yuritayotgan va mazkur sohaga qiziqishi baland yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Yoshlar bilan muloqot chog‘ida, viloyatimiz IT sohasi rivoji uchun to‘siq bo‘lib kelayotgan bir qancha muammo va takliflar o‘rtaga tashlanib, mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha "Qashqadaryo tajribasi"ni yo‘lga qo‘yish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, iqtidorli yoshlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan bir nechta dasturiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

15-07-2021 |
Foto galereya