Prezidentimizning mebel sanoatini rivojlantirish bo‘yicha imzolagan qaroriga muvofiq, respublikamizdagi 15 ta tuman va shaharlar mebelsozlikka moslashtirildi. Jumladan, Qarshi shahrida klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan, viloyatda mebelsozlik sanoatini rivojlantirish maqsadida Murotjon Azimov tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

- Bugungi kunda aholi turmush darajasi va yangi qurilayotgan uy-joylar sonining oshishi natijasida mebelsozlik sanoati mahsulotlariga nisbatan oshib borayotgan talabni qondirish, respublika hududlaridagi mebel ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlarga javob beradigan hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish muhim masala bo‘lib qolmoqda, - dedi viloyat hokimi.

Maʼlumot uchun, bugunki kunda viloyatda 292 ta o‘rta va kichik mebel ishlab chiqaruvchi subyektlar mavjud. Viloyat talabining 20% ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qondiriladi. Qolgan talab – boshqa viloyatlardan va xorijdan keltiriladigan import hisobida qoplanadi.

21-11-2022 |
Foto galereya