Viloyatimizda mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va aholi muammolarini mahallalarning o‘zida hal etishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘quv-seminarlar boshlandi.

Qashqadaryoda 1-sektor hududlaridagi mahalla raislari yig‘ilgan seminarni viloyat hokimi Murotjon Azimov ochib berib, bugungi kunda Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda inson qadr-qimmatini ulug‘lashda mahalla institutini rivojlantirish masalasi nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, seminar davomida vatan ichra kichik vatan hisoblangan mahallalarda raislar (oqsoqol)ning fuqarolar bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar hamda oilaviy masalalarni oldini olish, ish yuritish tartiblari bo‘yicha ham mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Bu kabi seminarlar barcha sektorlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

05-07-2022 | Ijtimoiy | 901
Foto galereya