Viloyat sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat, tuman va shahar hokimliklari, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
 
Yig‘ilishga rahbarlik qilgan viloyat hokimi Murotjon Azimov barcha sohalardagi qilingan va qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtaldi. Muammoli kredit, soliq tushumlari, aholi murojaatlari va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda butun dunyoni tashvishga solayotgan oziq-ovqat xavfsizligi masalalari ham muhokama qilindi. 
 
- Murojaatlar bilan ishlash har bir rahbar xodimning birinchi galdagi vazifasi bo‘lsin, - dedi viloyat hokimi. - Murojaatlar ortida odamlarning orzusi, umidi, dardi, taqdiri bor. Viloyatni iqtisodiy yuksaltirish, ijtimoiy muammolarini samarali hal qilish, uni respublikada namunali hududga aylantirish uchun bir tanu bir jon bo‘lib ishlashimiz kerak.
 
Jurnalist va blogerlarga rahmat aytaman, eng o‘tkir va dolzarb masalalarni dadil olib chiqishmoqda, jamoatchilik va rahbarlar e’tiborini qaratmoqda, natijada muammolar ijobiy yechim topib, aholi manfaatlariga xizmat qilayapti. Har bir tanqidiy lavha yoki chiqishga tezkorlik bilan javob berishni, munosabat bildirilishini qat’iy talab qilaman! Ayrim chiqishlar noxolis xabar bo‘lsa ham oxirigacha o‘rganib, tezkor raddiya berishni ham tashkil qilish kerak. 
 
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chiroqchidagi fuqaro va IIB xodimlari o‘rtasidagi holatni ham oqlamayman. IIB xodimi og‘ir, bosiq va madaniyatli bo‘lishi kerak-ku. Mayli, haydovchi aybdor, lekin IIB xodimi bunday paytda aql bilan ish tutishi kerak. Qochsa ham 1 soatda topish imkoni mavjud-ku hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda.
30-11-2021 |
Foto galereya