Viloyat hokimi Murotjon Azimov kitoblik tadbirkorlar bilan sayyor qabuli oldidan tumandagi hokim yordamchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholiga imtiyozli kridet asosida 4000 bosh jo‘ja, 20 ta yuk tashuvchi maxsus transport va 10 ta inkubator generatorlari bilan birga topshirildi.

Bundan tashqari tumandagi hokim yordamchilariga maxsus planshetlar topshirilib, faoliyati davomida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir nechta hokim yordamchilari viloyat hokimi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarga tezkor yechim topish va ularni bartaraf etish maqsadida sektor rahbarlari hamda mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

19-05-2022 |
Foto galereya