Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev 26 yanvar kuni Qarshi shahrida tashkil etilayotgan "Yoshlar kichik sanoat zonasi"da bo‘lib, yoshlarning biznes loyihalari bilan tanishdi.

O‘zbekiston yoshlari forumida davlatimiz rahbari tomonidan erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tajriba asosida, hududlarda "Yoshlar kichik sanoat zonalari" tashkil etilishi eʼlon qilingandi. Bu sanoat zonalarida yoshlarning biznes loyihalari joylashtirilishi aytib o‘tilgandi.

"Xontepa" mahallasi hududida tashkil etilayotgan" Yoshlar kichik sanoat zonasi"ning umumiy maydoni 5,95 gektar bo‘lib, undan yoshlarning biznes loyihalari o‘rin oladi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ushbu loyihalar bilan tanishish barobarida tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qilib, ularning takliflarini tingladi.

Viloyat hokimi yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida elektron "Yoshlar daftari" platformasi taqdimotida ham ishtirok etdi.

- O‘z nomi bilan elektronlashtirish va avtomatlashish tizimi bo‘lgandan keyin, imkoniyati hamda shaffofligi yuqori bo‘lishi kerak, - dedi Zoyir Mirzayev yosh dasturchilarga.

Dasturchilarning taʼkidlashlaricha, ushbu platforma ishga tushsa, yoshlar haqidagi har qanday statistik maʼlumotlarni olish va tayyor tahliliy hisobotlarni kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

                                 Viloyat hokimligi Axborot xizmati.

28-01-2021 |
Foto galereya