Muborak Ramazon oyi munosabati bilan viloyat hokimi tashabbusi bilan "Nuroniylar maskani"da iftorlik dasturxoni yozilib, vohamizning tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan nuroniy ro‘zadorlarimiz duolari olindi, Qur’on tilovat qilindi.
 
Iftorlik avvalida so‘z olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov ulug‘ oyda yon-atrofdagilarga mehr-saxovat ko‘rsatish, yaqinlar holidan xabar olish katta savob ekanini ta’kidlab, hokimliklar va tashkilotlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nuroniylar va boquvchisini yo‘qotgan yoshlar holidan xabar olish ishlari boshlab yuborilganini ta’kidladi.
 
Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zador nuroniylarimiz yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz hosiliga baraka, Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab, duoga qo‘l ochishdi.
15-04-2022 |
Foto galereya