Viloyat hokimi Murotjon Azimovning Qarshi tumanida o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabulida yuzdan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, 95 ta masaladagi arizalar qabul qilindi, shundan 56 ta murojaat joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa 39 tasini hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 3 nafar fuqaroga taʼlim olishda ko‘maklashish uchun 20 mln. so‘mdan ortiq kontrakt puli ajratish va yana 3 nafar fuqaroga 12 mln so‘m moddiy yordam ajratish hamda 3 nafar fuqaroning uy-joy taʼmiri uchun 10 mln. so‘mdan ortiq moddiy yordam ajratib berilishi belgilab olindi. Bundan tashqari 21 nafar yoshlarga o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun maishiy texnika vositalari berildi.

Viloyat hokimi qabul davomida murojaatni joyida o‘rganish maqsadida tumandagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida ham bo‘lib, sport zalda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazayotgan yoshlar bilan uchrashdi va bu yerda barcha sharoitlarni yaratib berishga vaʼda berdi.

30-11-2022 |
Foto galereya