Viloyat hokimi boshchiligidagi rahbarlar tuman markazidan ancha uzoqda joylashgan Duob qishlog‘ida bo‘lib, joriy yil hududda amalga oshiriladigan ishlari hisobotini berishdi. 

Vazirlar Mahkamasi tumanni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilib, 1589 gektarda qiymati 31 mlrd. 401 mln. so‘mlik pista va kovrak plantasiyasi "Tadbirkorlarni rivojlantirish ofisi tashkil etiladi, - dedi Zoyir Mirzayev. - Shuningdek, 40 mlrd. 725 mln. so‘m oilaviy tadbirkorlik uchun ajratiladi.

Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida 45.8 mlrd. so‘mlik 33 ta loyiha amalga oshiriladi. Yuqoridagi mablag‘lar ortidan tumanning yana 5000ga yaqin aholisi bandligi taʼminlanadi. Tumandagi 46 ta mahallada “mahallabay” ishlash tizimi jiddiy nazoratga olinadi.

Muloqot davomida aholi tomonidan aytilgan muammolarni viloyat hokimi shaxsan o‘zi borib vaziyatni o‘rgandi. Qishloqni ekoturizmini saqlagan holda, taʼmirlash ishlarini olib borish tavsiya etildi.

Kechga borib qishloq ahli bilan dasturxon boshida kelajak rejalar haqida suhbat yana davom etdi. Nuroniy otaxonlar duoga qo‘l ochib, Yaratgandan yurtimiz tinchligi va xalqimiz salomatligini asrashni so‘rashdi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.

19-04-2021 |
Foto galereya