Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Qodirov Alisher Abdulaxatovich tayinlandi.
 
1975-yil Qarshi shahrida tug‘ilgan Alisher Qodirov Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan bo‘lib, u 2021-yilning iyun oyidan hozirgi kunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
19-04-2022 |
Foto galereya