Zoyir Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan, tuman (shahar)larimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganibgina qolmay, olis hududlarda yashovchi fuqarolarimizni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan “ZOOM” dasturi orqali har kuni qabul o‘tkazmoqdalar.

Bugungi onlayn qabulda ham 25 nafar chekka hududlardagi fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ijobiy natijalarga boy bo‘ldi va ayrimlari yuzasidan mutasaddilarga o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Jumladan, Qamashi tumani Samarqand MFYda istiqomat qiluvchi, baxtsiz hodisa tufayli boquvchisini yo‘qotgan va farzandlari bilan yolg‘iz qolgan onaning ham murojaati tinglanib, uy-joylarlarini taʼmirlab olishlari uchun mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.

29-07-2021 |
Foto galereya