Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida 14 - yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bayrami arafasida harbiylar uchun 96 xonadonga mo‘ljallangan 2 ta ko‘p qavatli xizmat uylari foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali  ochilish marosimida Janubi-Gʻarbiy alohida harbiy okrug qo‘mondonligi, Nishon tumani hokimligi, faxriylar va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.
 
 
Shuni alohida aytish mumkinki, bu kabi barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy va shinam xonadonlar harbiylar uchun Vatan himoyachilari kuni arafasida chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi.
 
 
Ma’lumot uchun, 2021-yil yangi yil bayrami arafasida aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida viloyatning Shahrisabz tumanida arzonlashtirilgan holda yangidan bunyod etilgan 5 qavatdan iborat 180 xonadonga mo‘ljallangan 6 ta, Kitob tumanidagi "Istiqbol" MFYda esa har biri 30 xonadonga mo‘ljallangan 5 qavatli 3 ta va Mirishkorda 20 xonadonli 2 ta ko‘p qavatli zamonaviy turar-joylar o‘z egalariga topshirilgan edi.
11-01-2022 |
Foto galereya