Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Yusupov viloyat mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2021 yil byudjeti haqida batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda ijtimoiy soha muassasalarida 2021 yilda investisiya dasturi doirasida 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 45,6 mlrd, 2 ta yangi maktab, 7142 o‘quvchi o‘rinli 29 ta muassasa rekonstrukturasi uchun 98,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. 27,6 mlrd evaziga 8 ta maktab mukammal ta’mirlanadi.

Viloyat mahalliy byudjetidan ijtimoiy nafaqalar uchun ajratiladigan mablag‘lar 1,7 marotaba oshiriladi.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 2021 yil uchun prognozi 4 mlrd 147 mln 586 mingni tashkil etadi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

30-12-2020 |
Foto galereya