Bugun Chiroqchi tumanining "Umakay" hududida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida amaliy ishlar boshlab yuborilib, maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Shuningdek, viloyat hokimi Murotjon Azimov hudud aholisining muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida fuqarolar qabulini o‘tkazib, ular dardiga quloq tutdi.

Qabul davomida kam ta’minlangan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga tikuv mashinasi va pishiriq pechlari ham taqdim etildi. Dastur munosabati bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
21-01-2022 |
Foto galereya