Yurtimizda 9 may - Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan, urush faxriylari hamda yurtimiz tinchligi yo‘lida jon fido etgan mard o‘g‘lonlar xonadoniga tashrif buyurilib, ularning yaqinlari xolidan xabar olinmoqda.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham viloyatda istiqomat qilayotgan urush faxriylari hamda xizmat faoliyati davomida halok bo‘lgan bojxona xodimlarining yaqinlari holidan xabar olindi va bayram bilan tabrikladilar.

Vatan ozodligi va tinchligi himoyachilari xonadonlarida bo‘lgan uchrashuvlarda urush xotiralari yodga olindi, tinchlik qadri, shukronalik hissi va bugungi yorug‘ kunlar haqida suhbat qurildi.

- Bugungi tinch va ozod kunlarga yetkazganiga shukur, yaqinlarimiz ardog‘ida umr kechirayapmiz, - deydi Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi Ahmad bobo Jalilov. – Bizning boshimizdan kechgan azoblarning har daqiqasi xotiramdan o‘chmagan. O‘sha kunlarni eslasam, hamon vujudim titrab ketadi. Tinchlikni qadriga yetish kerak, tinchlik bu buyuk neʼmatdir. Bu kunlarning qadriga yetish va tinchlikni asrash uchun yoshlarimiz tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish lozim.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Qarshi shahridagi Vatanparvarlar bog‘iga tashrif buyurib, bog‘da tashkil etilgan muzey va urush davriga oid eksponatlar bilan tanishdilar.

Maʼlumot uchun, eng yoshi ulug‘ qamashilik va dehqonobodlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident nomidan maxsus sovg‘a va 12 mln so‘m pul topshirilgani xabari berilgan edi.  

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati.

06-05-2021 |
Foto galereya