Toshkent shahrida joylashgan "O‘zekspomarkaz" MKMda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiyaning sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
 
Bu tadbirda Qashqadaryo hokimligi vakillari ham o‘z stendi bilan ishtirok etgan holda vohaning sanoat salohiyati, ishlab chiqarishga berilgan imkoniyatlar va xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlar borasida taqdimot hamda B2B, B2G, G2G muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
 
Malumot uchun, xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Vengriya, Fransiya, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari hamda biznes delegatsiyalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
26-04-2022 |
Foto galereya