Davlat rahbarining tashabbusi bilan mahallalarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va konsert dasturlarini o‘tkazish maqsadida Qashqadaryoga Toshkent shahridan 200 nafardan ortiq taniqli san’atkorlar va kino ijodkorlari tashrif buyurishdi.

Bunda, har bir tuman (shahar)ning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda joylarda, ayniqsa, olis va chekka hududlarda ham milliy madaniyatimiz, san’atimiz va adabiyotimizni ommalashtirishga qaratilgan "mahallabay" milliy filmlar namoyishi hamda madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Joyir yilning 5 mayidan 15 mayigacha davom etadigan ijodiy kechalarda "Yangi O‘zbekiston"ni bunyod etish va buning odamlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlari haqida jonli muloqotlar tashkil etiladi.

04-05-2022 |
Foto galereya