Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan joylarda “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan uch avlod uchrashuvlari qo‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Talimarjon shaharchasida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

O‘zbekiston Qahramonlari, vatanimizning boshqa yuksak mukofotlariga loyiq ko‘rilgan turli soha vakillari, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan otaxon va onaxonlar, jamoatchilikning taniqli namoyandalari, yoshlar vakillarining shukuhli kun, fayzli oqshomda birga kechgan onlari, olgan olam-olam taassurotlari fotosuratlarga muhrlandi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham ishtirok etib, viloyatda ayniqsa mazkur shaharchada so‘ngi yillarda olib borilgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

16-09-2021 |
Foto galereya