Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi bo‘yicha Kasaba uyushmasi tizimida turizmni rivojlantirishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, jamoa shartnomalari va tarmoq kelishuvlariga asosan, 22 444 nafar xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun sayohatlar tashkil etilgan bo‘lsa, shundan 4 143 nafarining viloyatdan tashqari yurtimiz bo‘ylab boshqa tarixiy shaharlarga borganligi quvonarli hol albatta.

Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, bu kabi turizm sayohatlariga nafaqat soha xodimlari, balki 53 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlari, 37 nafar ehtiyojmand ayollar va 39 nafar ishlayotgan pensionerlar ham bepul ravishda yuborilgan.

O‘z navbatida, mazkur maqsadlar uchun 1 mlrd 548,9 mln. so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lsa, shundan 574,2 mln. so‘m kasaba uyushmalari byudjeti, 974,7 mln. so‘mi esa ish beruvchilar mablag‘i hisobidan ajratilgan.

Shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi tomonidan ham bu davr mobaynida 1194 nafar xodimlar va ularning yaqinlari Xorazm viloyatiga, 190 nafari esa Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘ylab sayohatda bo‘lishgan.

27-09-2022 |
Foto galereya