Qarshi shahridagi "Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi"da o‘tkazilgan qabulda 16 nafar tadbirkor turli masalalar bilan murojaat qildi.

Unda 3 nafar tadbirkorning murojaati joyida hal etilgan bo‘lsa, 7 nafar tadbirkorga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida shuningdek, viloyatdagi tijorat banklari masʼullari ham ishtirok etishdi. Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ular faoliyatini yana-da rivojlantirish uchun bank tizimi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar xususida ham fikr almashildi.

Auksion orqali yer va bino xarid qilish hamda shu kabi yechimi bor murojaatlarni ijobiy hal etish uchun ishchi guruhi tuzilib, tegishli choralar belgilab olindi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati.

28-04-2021 |
Foto galereya