Tomorqada qilingan mehnatning samarasi kо‘p jihatlarda kо‘rinadi. Avvalo, kaftdek yerda yetishtirilgan mahsulot rо‘zg‘orning kam-kо‘stini tо‘ldiradi. Shuningdek, tomorqada qilingan oilaviy mehnat katta tarbiyaviy ahamiyatga ega...

Koson tumanida tuman xotin-qizlar qо‘mitasi  kafilligi ostida 20 mln sо‘m kredit olgan  Umida Tо‘rayeva о‘zini va oilasidagi 2 nafar kizini ish bilan ta’minladi. Mazkur tomorqa egasi kelgusida daromadidan shirinliklar pishirish sexini ochishni rejalashtirmokda.

Har qanday tadbirkorlik faoliyati, jumladan, oilaviy biznesni yuritish mablag‘ bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli, viloyat xotin -qizlar qо‘mitasi tashabbusi bilan ayollarga kam ta’minlangan oilalarga ajratiladigan mikrokreditlar, kichik biznes, xususiy, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslar manbalari xususida yetarlicha ma’lumotlar berilmoqda.

                                                            Viloyat hokimligi axborot xizmati

28-04-2019 |
Foto galereya