Mirishkor tuman Jeynov MFY hududida joylashtirilgan Xalq banki Mirishkor filialiga tegishli DN-2040 HUMO bankomat qurilmasi nosoz xolda ekanligi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan.
Ushbu bankomat qurilmasi fuqarolar tomonidan doimiy ravishda noto‘g‘ri amaliyotlar qilinganligi sababli dastur tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Bankomat qurilmasini dasturlash faqat bosh bank tomonidan qayta tiklash mumkinligi sababli, Respublika bankiga aloqa xati bilan murojat qilingan va o‘z navbatida Respublika banki tomonidan Humo axborotlashtirish markaziga dasturlash uchun elektron tarzda buyurtma berilgan. Dasturlash uchun ma’lum muddat talab qilinganligi sababli, bankomatni zudlik bilan ishchi xolatga keltirish imkoni bo‘lmagan.
Xozirgi kunda ushbu bankomat ishchi xolatga keltirilib, fuqarolar plastik kartalaridagi mablag‘larini banknotlarga almashtirishga xizmat qilmoqda.
26-11-2021 |
Foto galereya