Joriy yilda sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha Gretsiyaning Iraklion shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qashqadaryolik Tursunoy Jabborova -87 kg vaznda ishtirok etib, mutloq chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
 
Shu boisdan, viloyat hokimi Murotjon Azimov chempionning o‘zi va yaqin qarindoshlari hamda murabbiyi bilan uchrashib, erishilgan g‘alabalar bilan tabriklagan holda Parij - 2024 Olimpiya o‘yinlarida ham qo‘shaloq oltin medallar bilan qaytishini tilab qoldi.
 
Shuningdek, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan sportchi va uning murabbiyi viloyat rahbari tomonidan mos ravishda 30 mln hamda 10 mln. so‘mlik pul mablag‘i sertifikatlari bilan taqdirlandi.
 
Ma’lumot uchun, Tursunoy Jabborova 2019-yili Las-Vegas (AQSH)da o‘smirlar o‘rtasidagi JChda oltin va kumush, o‘tgan yili Toshkentda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medallarga sazovor bo‘lgan.
13-06-2022 |
Foto galereya