Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, harbiy-sport tadbirlari qatoriga kirib, umumiy о‘rta maktablarida ta’lim olayotgan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy va jismoniy tayyorgarligini oshirish, iqtidorli о‘quvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bо‘yicha 5 ta muxim tashabbuslarining 2- yо‘nalishi “Yoshlarning jismoniy chiniqtirish ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yо‘naltirilganlik ijrosini amalga oshirish maqsadida “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi umum ta’lim maktab о‘quvchi-yoshlari о‘rtasida Qarshi shahrida joylashgan 3-harbiy shaharcha xududida joriy yilning 18 may kuni о‘tkazildi. Unda viloyatning barcha tumanlarida tashkil etilgan “Temurbeklar” harbiy-sport jamoalarining 132 nafar ishtirokchilaridan iborat 11 ta jamoa ishtirok etdi. Tadbirga 700 nafar yoshlar qamrab olindi.

“Temurbeklar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi ishtirokchilari, “Mohir mergan", "Tо‘siqlardan oshib yugurish", "Jabrlanuvchiga birinchi yordam kо‘rsatish”, "Minalashtirilgan xududda xarakatlanish", "Safda qо‘shik aytish", "Maxfiy parollar bilan ishlash", "Xarbiy unvonlar turi va harbiy lavozimlar", "О‘zbekistan ramzlari", "Raqib jamoa baypog‘ini egallash"shartlari bо‘yicha о‘zaro bellashdilar.

Kо‘rik-tanlov natijalariga kо‘ra:

1-о‘rin Yakkabog‘ tumanidagi 48-umumiy о‘rta ta’lim maktabi

2-о‘rin Nishon tumanidagi 24-umumiy о‘rta ta’lim maktabi

3-о‘rin Mirishkor tumanidagi 1-umumiy о‘rta ta’lim maktabi hamda Kasbi tumanidagi 56- umumiy о‘rta ta’lim maktabi egalladi.

Musoboqada g‘oliblikni qо‘lga kiritgan va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi

20-05-2019 |
Foto galereya