Qarshi shahridagi 3-harbiy shaharcha hududida umumta’lim maktab о‘quvchilari о‘rtasida “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi о‘tkazildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusdan kelib chiqib tashkil etilgan ushbu musobaqada 11 ta jamoa ishtirok etdi.

Tanlov nizomiga kо‘ra, ishtirokchilar “Mohir mergan", "Tо‘siqlardan oshib yugurish", "Jabrlanuvchiga birinchi yordam kо‘rsatish”, "Minalashtirilgan hududda harakatlanish", "Safda qо‘shiq aytish", "Mahfiy parollar bilan ishlash", "Harbiy unvonlar turi va harbiy lavozimlar", "О‘zbekiston ramzlari", "Raqib jamoa baypog‘ini egallash" kabi shartlar bо‘yicha kuch sinashdilar.

Yakuniy natijalarga kо‘ra, 1-о‘rin Yakkabog‘ tumanidagi 48-umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilariga nasib etdi. 2-о‘ringa nishonlik yoshlar, 3-о‘ringa Mirishkor tumanidagi 1-umumiy о‘rta ta’lim maktabi hamda Kasbi tumanidagi 56-umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilari sazovor bо‘lishdi.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

S.ALLAYOROVA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari  asosida

 

 

24-05-2019 |
Foto galereya