Nishon tumanining qо‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh qismida joylashgan Tallimarjon shaharchasida “Obod shahar” davlat dasturi doirasida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Mehnatkash va fidoyi insonlar shahri Talimarjonda 12 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bugungi kunda mehnatkash va fidoyi insonlar shahri Talimarjon “Obod shahar” dasturi asosida kо‘rkam manzilga aylandi.
100 ta 2 qavatli aholi turar joy tо‘liq ta’mirlandi. 34-sonli о‘rta maktab kapital ta’mirlandi va yangi qо‘shimcha bino qurildi. “Dо‘stlik” MFY hududidagi 4-sonli maktab va 110 о‘rinli 19-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi kapital, 280 о‘rinli 20-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi joriy ta’mirlandi. Talimarjon shaharchasidagi 150 qatnovli poliklinikada umumiy qiymati 1574,3 mln. sо‘mni tashkil qilgan ta’mirlash ishlari olib borildi. Obodonlashtirish va muhandislik tarmog‘i qurilishi hamda piyodalar yо‘lagi qurilishining umumiy qiymati 4030 mln sо‘mni tashkil qildi.
Kuni kecha viloyat sektor rahbarlari shaharchaga taklif etilgan bir guruh mehmonlar, xususan qashqadaryolik madaniyat va san’at ustalari ishtirokida ijtimoiy ob'ektlar foydalanishga topshirildi.
Shaharchada qayta ta’mirlangan Madaniyat saroyi, "Talimarjon baraka chevar" tikuvchilik korxonasi, raqamli texnologiyalar asosida xizmatlar kо‘rsatishga mо‘ljallangan Davlat xizmatlari agentligining filiali ochildi.
Shuningdek, shu kuni uy-joyga muhtoj oilalarga xonadon kalitlari topshirildi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati