Qarshi davlat universiteti talabalarining bandligini ta’minlash maqsadida oliy hududida "Mehnat yarmarkasi-2022" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov hamda boshqa ko‘plab rahbarlar ishtirok etdi.

2021-2022 o‘quv yilida Qarshi davlat universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarini 2522 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Mehnat yarmarkasida viloyatning shahar va tumanlaridan 20 dan ortiq ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi. Ahamiyatli jihati, yarmarka yakunida 1000 nafarga yaqin talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, yarmarkaning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov oliygoh talabalari bilan uchrashib, o‘zining talabalik davrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Toshkentda o‘qib yurgan kezlarim magazinda qarovullik qilganman, - deydi viloyat hokimi. - Asosiysi katta daromad topish yoki yaxshi ishli bo‘lish bo‘lmagan. Eng oliy maqsadim - o‘zim maqsad qilgan kasbni mukammal o‘rganish, kelajakda o‘z o‘rnimni topish bo‘lgan. Sizlarga ham shuni tilayman. Hayotning oddiy sinovlariga sinib ketish - faqat bilimsizlikda, o‘ziga ishonmaslikda, deb o‘ylayman.

Yakunda iste’doli talaba-qizlarga viloyat hokimining estalik sovg‘alari ham topshirildi.

04-04-2022 |
Foto galereya