Qarshi shahridagi IT-park markazida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Axmedov va mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirokida “Davra suhbati” videokonferensaloqa shaklida o‘tkazildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvni ochib bergan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotining davomi ekanligini va "Yangi O‘zbekiston siyosatida tadbirkorni rozi qilish va qo‘llab-quvvatlash xar bir rahbarning asosiy vazifasi” ekanligini ta’kiladi.

Mazkur muloqotlar davomida barcha tuman (shahar)lardan 300 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishgan bo‘lsa ularning murojaatlari yuzasidan ijobiy xulosalar hamda huquqiy tushunchalar berildi.

13-09-2021 | Ijtimoiy | 130
Foto galereya