Qarshi shahri Jayxun kо‘chasidagi sobiq qishloq xо‘jaligi tashkilotiga qarashli bino-inshoot faoliyati bozor iqtisodiyoti talabiga javob bermay qо‘ygani sabab anchadan buyon ishlatilmay kelayotgandi. Obyekt "nol" xarid qiymatida tanlov savdosiga qо‘yildi. Undan maqsadli foydalanish istagidagi ishbilarmon ham darrov topildi. "Biss Electronics  System" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan istiqbolli loyiha taklif etildi. Tashabbus mazkur mulk negizida elektronika va maishiy jihozlar ishlab chiqarishni kо‘zda tutadi.

 Tadbirkor 2 yil ichida ushbu mulkka 2 milliard sо‘m miqdorida investitsiya kiritish va 40 ta yangi ish о‘rni yaratish majburiyatini oldi. Muhimi о‘tgan vaqt davomida loyiha doirasida salmoqli ish qilinib, muddatidan ancha avval, joriy yil boshidayoq yangi quvvat tо‘liq tashkil etilib, mahsulot tayyorlashga ham kirishilgan. Bugun aholiga korxona tomonidan bir necha о‘lchamdagi televizor va changyutgich yetkazib berilmoqda.  Bu maqsadda investor tomonidan о‘zlashtirilgan mablag‘ esa 2,5, milliard sо‘mga yetgan. 40 nafar yosh yigit-qizning bandligi ta’minlangan.

Qarshi shahrida bо‘lib о‘tgan seminarda viloyatimizda tegishli tartibda xususiylashtirish belgilangan obyektlarda yо‘lga qо‘yilgan shu kabi loyihalar ijrosi haqida sо‘z yuritildi. Tadbir Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida о‘tkazildi. Unda tashabbuskor investorlar ishtiroki ta’minlandi.

- Bugun viloyatdagi bо‘sh turgan davlat kо‘chmas mulki obyektlaridan foydalanish istagidagi tadbirkorlar kо‘pchilikni tashkil etadi, - deydi agentlik viloyat hududiy boshqarmasi bо‘lim boshlig‘i Tо‘lqin Oltiboyev. - Shuni hisobga olib, jarayonni soddalashtirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida qator о‘zgarishlarga qо‘l urildi.  Prezidentning 2018 yil 11 oktabrdagi farmoni bunga keng sharoit yaratdi. Ushbu hujjatga muvofiq, endilikda foydalanilmayotgan davlat mulkini baholamasdan, 1 sо‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarish joriy qilindi. Shu tartib asosida о‘tgan davrda 35 ta bо‘sh turgan obyekt sotuvga qо‘yildi.  Shundan 25 tasi 8,98 milliard sо‘m va 67,2 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish hamda 200 ta yangi ish о‘rni yaratish majburiyatlari bilan sotildi.

Qayd etilganidek, ayni vaqtda mazkur obyektlarda tadbirkorlar tomonidan shartnomaga asosan olingan majburiyatlar bajarilishi ustidan mahalliy hokimliklar hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy monitoring olib borilmoqda.

Seminarda о‘rganishlar davomida aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish bо‘yicha qatnashchilarga huquqiy maslahatlar ham berildi.

M.SHUHRATOV

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

01-05-2019 |
Foto galereya