Mamlakatimizda olib borilayotgan samarali tub islohatlar zamirida vatan ravnaqi yurt tinchligi, hayotimiz faravonligi, ertangi kun egalari yoshlarimizning manfaati yotadi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida vazifa qilib belgilangan 5 tashabbus ham kelajak egalari uchun muhimligi bilan ahamiyatlidir.
О‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining tashabbusi bilan Nishon tumanida sportning 3 ta turi bо‘ycha musoboqalar tashkil etildi.
Jumladan Nuriston majmuasida sportning voleybol turi bо‘yicha “Ittifoq oltin tо‘pi - 2019” sport musobaqasi о‘tkazildi. Musobaqada maktab о‘quvchilaridan iborat 9 jamoa eshtirok etdi. Musobaqa yakuniga kura 24 maktab jamoasi 1-о‘rinni, 35 maktab jamoasi 2-о‘rinni, 20 maktab jamoasi 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.
Nuriston shaharchasidagi sun’iy qoplamali futbol maydonida sportning minni futbol turi bо‘yicha “Ittifoq kubogi” sport musobaqasi о‘tkazildi. Musobaqada maktab о‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlardan iborat 8 ta jamoa eshtirok etdi. Musobaqa yakuniga kura 38 - maktab jamoasi 1-о‘rinni, 35-maktab jamoasi 2-о‘rinni, 24-maktab jamoasi 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.