Xususan, Qarshi tumanidagi "Ko‘chkak" MFY hokim yordamchisi Xumoyun Xaydarov tashabbusi bilan mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 457 ta xonadondagi 930 nafar fuqaroni Anjirchilik yo‘nalishi bo‘yicha doimiy bandligi ta’minlandi.
 
Shuningdek, “Dilmurodov Sur’at” MCHJ kooperatsiyasi tashkil etilgan holda mahallaning 112 ta xonadoni biriktirilib, 29 gektar maydonda anjir ekildi va bu bo‘yicha 112 ta fuqaroga 840 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Shu bilan birga, hududda meva-sabzavot ko‘p miqdorda yetishtirilganligi munosabati bilan mahsulotlarni qishda saqlash uchun 1 ta meva sabzavot omborxona 600 tonna saqlash sig‘imiga ega muzlatgich qurilish ishlari boshlab yuborilgan. 
 
Bundan tashqari, mahalladagi 11 nafar ishsiz xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganishlari uchun “Kasb-hunar" bilim yurtida tavsiya asosida o‘qitilmoqda.
10-06-2022 |
Foto galereya