Viloyat hokimi va tashkilot rahbarlari "Xalqaro avtomobilsiz kun" munosabati bilan erta tongdan shahar yo‘llarida velosipedda sayr qilib, shaharda qurilish va kommunal sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

- Rahbarlar "Shaxsiy namuna" tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlariga ham o‘rnak bo‘lishi kerak, - dedi Zoyir Mirzayev. - Shu o‘rinda, vohamiz ahlini ham ko‘proq piyoda va velosipedda yurishga chaqiraman. Bu orqali biz nafaqat ona tabiatga, balki, o‘z salomatligimizga ham katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Shuningdek, 22 sentyabr — "Xalqaro avtomobilsiz kun" munosabati bilan Qarshi shahrida velosipedchilar va piyodalar marafoni o‘tkazildi.

23-09-2021 | Ijtimoiy | 136
Foto galereya