Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahri “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bog‘ida Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli tashkil qilingani, ushbu qabulda fuqarolar uchun sharoitlar yaratilmagani, navbatlar tartibli tashkil etilmagani haqida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar bo'yicha holat tegishli tartibda o'rganildi. Ma'lum bo'lishicha, ayni jarayonlar davomida mas'ul tashkilot xodimlari tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarni joyida bartaraf etish va navbatlarni tartibli ravishda yo'lga qo'yish choralari ko'rilgan. 

Shuningdek, fuqarolarga ham videoda ko'rsatilganidek hammasi tartib bilan amalga oshirilayotgani tushuntirilgan.

02-06-2023 |
Foto galereya