Qilichbek madrasasi va Qarshi qal’a devorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori bilan tasdiqlangan Milliy ro‘yxatga kiritilgan.
 
Ushbu ob’yektlar Qarshi shahar Odina majmuasi hududida joylashgan. 2005-2006 yillarda Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyini o‘tkazilishi munosabati bilan Qarshi qal’a qoldiq devorlarida ta’mirlash ishlari olib borilmasdan qolib ketganligi sabab qal’a devorida buzilish holati ro‘y bergan. So‘ngra 2010-2011 yillarda Qarshi qal’a devori qaytadan tiklangan va ta’mirlash-tiklash ishlari oxiriga yetkazilmay qolgan.
 
Keyingi yillarda ikkita ob’yekt ham ta’mirtalab holatga kelganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Ta’mirshunoslik instituti” tomonidan ta’mirlash, restavratsiya ishlari loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan. Loyiha hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti qoshidagi ilmiy ekspert kengashi xulosasiga asosan 2019-2020 yillarda ta’mirlash, tiklash ishlari amalga oshirilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injeniring” tashkiloti tomonidan ta’mirlash ishlarida qatnashuvchi talabgorlar o‘rtasida o‘tkazilgan tender savdosida ushbu ob’yektlarni “Nasaf Restavratsiya” xususiy korxonasi yutib olgan va ta’mirlash restavratsiya ishlarini bajargan. Tender natijasi g‘olibi sifatida “Nasaf Restavratsiya” xususiy korxonasi tomonidan qonuniy ish bajarilgan.
 
Qilichbek madrasasi va Qarshi qal’a devorlarida bajarilgan ishlar hajmi, sifati Madaniyat vazirligi qoshidagi UKS tomonidan nazorat qilib borilgan va F-2 orqali qabul qilingan. Ob’yektlarda bajarilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 62-sonli majlis bayoni ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tuzilgan hisob palatasi taftishchilari tomonidan to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
 
Ishchi guruh a’zolari ishtirokida har ikkala ob’yekt to‘liq nazorat o‘lchovidan o‘tkazilib chiqilgan. Ob’yektlarning tarixiy va badiiy qiymatiga zarar yetkazilmagan.
 
Ijtimoiy tarmoqda Madaniy meros boshqarmasi va rahbariga nisbatan bildirilgan ma’lumotlar asossizdir. O‘z huquqimizni Sud organlari orqali himoya qilamiz.
 
 
Qashqadaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi
19-04-2022 |
Foto galereya