Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi mas’ul rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokara o‘tkazdi.
 
 
Muloqot davomida xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati yaqindan tanishtirib o‘tildi. Xususan, viloyatning respublika miqyosida qishloq xo‘jaligidagi o‘rni, paxta-to‘qimachilik klasterlariga, kichik biznes va ishlab chiqarish sohalarida yaratib berilayotgan imkoniyatlar, sanoat zonalari faoliyati aytib o‘tildi.
 
 
Yakunda Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining mablag‘lari hisobiga viloyatda kichik va o‘rta biznes sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvatlash, turli sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish maqsadida joriy yil yakuniga qadar Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining boshqaruv ofisini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
24-03-2022 |
Foto galereya