Mamlakatimizda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligi xodimlari kuni etib belgilangan. Eslasangiz, avvalgi yilda ham ushbu sana kо‘tarinki va о‘zgacha ruhda о‘tkazilgan edi.

Bu galgi bayram tadbiri yanada о‘zgacha shukuh, shodumonlik va kо‘tarinkilik kayfiyatida bо‘lib о‘tdi.

Shu kuni viloyat hokimligi Qishloq xо‘jaligi xodimlari kuni hamda hosil bayramiga mutanosib pano va shiorlar, sahna esa gullar bilan bayramona bezatildi. Qishloq xо‘jaligi kо‘rgazmalari namoyish etildi.

Tantanali tadbir ochilishida Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Muhtaram Prezidentimizning soha vakillariga yо‘llagan tabrigini о‘qib eshittirdi. Soha vakillariga о‘zining chuqur minnatdorchiligini bildirdi.

“Ayni shu kunlarda, barcha sohalarda bо‘lgani kabi qishloq xо‘jaligi tarmog‘ida ham dehqonlar tili bilan aytganda “g‘alvir suvdan kо‘tarilib” sarhisob qilinmoqda. Yakuniga yetayotgan joriy yilda, qiyinchiliklarga qaramasdan, viloyatimiz qishloq xо‘jaligi xodimlari katta marralarni zabt etishdi. Har qarich tuproqni tabarruk bilib va hayotimiz tо‘kisligini ta’minlashga hissa qо‘shishni oliy maqsadiga aylantirgan – qishloq xо‘jaligi xodimlarining mardonavor mehnati mahsulidir” – dedi viloyat rahbari.

О‘z navbatida Zoyir Mirzayev joriy yilda sohada erishilgan yutuqlarni sanab о‘tdi.

“Yakuniga yetayotgan joriy yilda, qiyinchiliklarga qaramasdan, viloyatimiz qishloq xо‘jaligi xodimlari katta marralarni zabt etishdi. Yakuniga yetayotgan joriy yilda, viloyatimiz bо‘yicha 808,6 ming tonna g‘alla, 383,4 ming tonna paxta, 714,8 ming tonna sabzavot, 187,9 ming tonna kartoshka, 315,7 ming tonna poliz mahsulotlari, 149,5 ming tonnaga yaqin meva, 2013 tonna pilla, 132,4 ming tonna gо‘sht, 523,8 ming tonna sut va 270,9 mln.dona tuxum tayyorlashga erishildi. Jami bо‘lib 19 trln. 904 mln. sо‘mlik qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi. G‘uzor tumanida ilk bor soya yetishtirildi. Chiroqchi va Koson tumanida yetishtirilgan 12,4 ming tonna tarvuz, qovun mahsulotlari chetga eksport qilindi. Hosildorligi past bо‘lgan 1,8 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari о‘rniga meva-sabzavot va ozuqa ekinlarini yetishtirish yо‘lga qо‘yildi, 1,4 ming gektar yerda intensiv bog‘lar, 118 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar barpo qilindi. 46,3 ming gektarda sabzavot va kartoshka, 63,3 ming gektarda dukkakli va moyli ekinlar, 74,1 ming gektarda ozuqa ekinlari yetishtirish orqali о‘tgan yildagiga nisbatan 106 foiz kо‘p foyda olindi.

Tantanali tadbir davomida qishloq xо‘jaligi xodimlari taqdirlandi. Taniqli suhandonlar Dilnoza Kubayeva va Asadilla Nabiyev tomonidan fidoyilar taqdirlanishlaridan avval har bir tuman uchun bitilgan she’riy satrlar о‘qildi. Viloyat hokimining farmoyishiga asosan soha rivojiga hissa qо‘shayotgan, mehnati orqali natijalarga erishayotgan soha vakillari, OAV hamda blogerlar faxriy yorliq va sovg‘alar uchun sertifikatlarni viloyat sektorlari va tashkilot rahbarlaridan qabul qilib olishdi.

Shuningdek, bir guruh soha fidoyilari Qishloq xо‘jaligi vazirining buyrug‘iga asosan “О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligi fidoyisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Jо‘ra bobo Boyqulov” fermer xо‘jaligi rahbari Boyqulov Holmurod mazkur yilda viloyatda soha qahramoni deya e’tirof etildi. Mashaqqatli jonkuyarligi evaziga lalmikor yerda yuksak oq oltin xirmoni yaratgan mehnatkash chiroqchilik fermer fidokorona mehnatlari uchun "Nexia-3" avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida el ardog‘idagi suhandonlarning chiqishlari, xonandalar va baxshilarning taronalari davraga xush kayfiyat baxsh etdi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

14-12-2020 |
Foto galereya